
Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi
Qoraqalpog‘istonda 11 dona baliq ovlagan baliqchi 3,5 mln so‘m jarimaga tortildi, deb xabar bermoqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo‘limi.
Qo‘mita inspektorlari Sho‘manay tumani hududidan oqib o‘tuvchi suvdan noqonuniy baliq ovlayotgan brakonerlarni qo‘lga olgan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro T.J. 6 dona sazan, 4 dona oq amur hamda 1 dona tolstolobik balig‘ini noqonuniy ovlab, hayvonot olamiga 3 million 568 ming so‘m ziyon yetkazgan. Hozirda to‘plangan hujjatlar Sho‘manay tumani Ma’muriy ishlar sudiga taqdim qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar