5 oktyabr kuni Andijon shahridagi 50-maktabda pedagoglar kaltaklangan. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, maktabda soat 13:20 da direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik (ChQBT) fani o‘qituvchisi kiyinish madaniyatiga rioya qilmagan va darsga kech qolgan matematika fani o‘qituvchisiga og‘zaki ogohlantirish berilganda ular o‘rtasida tortishuv kelib chiqqan.
Tortishuv natijasida matematika o‘qituvchisi ularga turmush o‘rtog‘i bilan tahdid qilgan. Soat 13:35 larda u turmush o‘rtog‘i hamda uning do‘sti bilan maktabga bostirib kirib, direktor o‘rinbosari va ChQBT o‘qituvchisini maktabning kirish qismida temir tayoq bilan do‘pposlagan.
Kamiga ularni ajratgan o‘qituvchilarni ham yomon so‘zlar bilan haqorat qilib, do‘pposlashga uringan.
Ushbu holat bo‘yicha zudlik bilan shoshilinch tez tibbiy yordamga hamda hududiy profilaktika inspektorlariga xabar berilgan.
Soat 14:00 da profilaktika inspektorlari voqea joyiga yetib kelgan, lekin matematika o‘qituvchisining turmush o‘rtog‘i hamda uning do‘sti hodisa sodir etilgan joydan ketib bo‘lgan.
Jabr ko‘rganlar shoshilinch tez tibbiy yordam navbatchi shifokorlari tomonidan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi Andijon filialiga olib ketilgan.
Shifokorlar xulosasiga ko‘ra, direktor o‘rinbosari miya chayqalishi, burun sinishi, yuzining o‘ng qismining ko‘zi atrofi hamda oyoqlarining tizza qismi kattiq zarbada jarohatlangani, ChQBT o‘qituvchisining miya chayqalishi, burun va ikki tishi sinishi, badani hamda chap qo‘lini zarbadan qattiq jarohatlangani aniqlangan.
Barcha muolajalar o‘z vaqtida qilingani sababli hozirda jabrlanuvchilarning sog‘lig‘i yaxshi holatda va doimiy shifokorlar nazoratida.
Andijon shahar huquqni muhofaza qilish organlari tekshiruv ishlarini olib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi