Foto: FVV YoXBB
2019 yilning 7 oktyabr kuni soat 12:46 da Toshkent shahar Yunusobod tumani, “Matonat” mahallasi, A.Qodiriy ko‘chasi 38-A-uy ro‘parasida harakatlanib ketayotgan fuqaro Yu.V. boshqaruvidagi “OPEL” rusumli avtomobilida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAVbilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma’lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga ikkita yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga uch daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Foto: FVV YoXBB
Yong‘in oqibatida fuqaro Yu.V.ga tegishli bo‘lgan “OPEL” rusumli avtomobilning motor va salon qismi yonib zararlangan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi