Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 oktyabr kuni Toshkentning Olmazor tumanida qurilishi davom etayotgan Olmazor Business City ishbilarmonlik markazi qurilishini borib ko‘rdi.
Quruvchi va mutasaddilar bilan suhbatalasharkan, Prezident innovatsion, energiya tejamkor texnologiyalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlab o‘tgan.
«Uylar sonini ko‘paytirish, energiyani tejash orqali turar joylar narxini arzonlashtirish kerak. Buning uchun qurilish materiallari, bazalt tolasi ishlab chiqarish korxonalarini ko‘paytirib, har bir hududga yetkazib berish zarur», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari qurilayotgan uylardagi xonadonlarning bo‘lajak egalariga malakali, sifatli xizmat ko‘rsatish lozimligini ham alohida uqtirgan.
«Qurish bu birinchi qadam. Asosiysi — malakali ekspluatatsiya. Uylarga, odamlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, muhandislik uskunalaridan samarali foydalanish zarur», — deya qo‘shimcha qildi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ma’lumot uchun, Olmazor Business City ishbilarmonlik markazi Kichik halqa yo‘li va Yangi Olmazor ko‘chasi oralig‘idagi qariyb 24 gektar hududda 2019 yil boshidan beri qurilmoqda. Maydon 6 ta lotga bo‘lingan — birinchi va ikkinchi lotlarda savdo markazi, ofislar va ko‘ngilochar maskanlar, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi lotlarda 2 100 xonadonga mo‘ljallangan 28 ta ko‘p qavatli uy, oltinchi lotda 300 o‘rinli bog‘cha hamda 500 o‘rinli maktab qurilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi