Majburiy ijro byurosi Qo‘qon shahar bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 20.04.2017 yildagi qaroriga asosan qo‘zg‘atilgan ijro ishi bo‘yicha qarzdor Burxon Shokirov uch nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun undiruvchi M.Shokirovaga 20 oy davomida 7 mln. 480 ming so‘m aliment pullarini to‘lamasdan kelgan.
Alimentdan qarzdorlikni undirish maqsadida davlat ijrochisi qarzdor ro‘yxatga qo‘yilgan Qo‘qon shahar, Rudakiy ko‘chasi, 17a-uyga bir necha marotaba borib ham topa olmagan va keyinchalik qarzdordan qasddan yashash manzilini o‘zgartirib olganligini aniqlagan.
Bu yoqda, B.Shokirovning uch nafar voyaga yetmagan farzandlari moddiy himoyaga muhtoj.
Davlat ijrochisi tomonidan 20.08.2019 yilda qarzdor B.Shokirovga nisbatan qidiruv elon qilinib, qaror ijrosi Qo‘qon shaxar IIB va Byuroning Qo‘qon shahar bo‘limi qidiruv bo‘yicha tezkor xodimlariga topshirilgan.
O‘tkazilgan tadbirlar natijasida qarzdor B.Shokirov 2019 yil 9 sentyabr kuni yangi ko‘chib borgan xonadonidan ushlanib, Qo‘qon tuman ma’muriy sudiga keltirildi va sud unga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlashni lozim deb topdi.
Qarzdor ota B.Shokirov qonunga itoatsizlikda ifodalangan harakatlari uchun o‘ziga tayinlangan ma’muriy jazodan to‘g‘ri xulosa chiqarib olmagan taqdirda uni kelgusida jinoiy javobgarlik “quchoq ochib” kutib oladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi