Andijon viloyatining Bo‘z tumanida 7 oktyabr kuni o‘zini «Majburiy ijro byurosida ishlovchi Husniddin» deb tanishtirgan shaxs tumandagi «Tafakkur» mahallasida yashovchi A.Jumanovadan «gaz ballon olib beraman» deb 110 ming so‘m, tumanning Yangi hayot qishlog‘ida yashovchi S.Jumaboyeva va uning qo‘shnisidan ham gaz ballon olib berishga va’da qilib, har biridan 110 ming so‘mdan pul olib, hozirgi kunga qadar gaz ballonlarni bermagan.
Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Bo‘z tuman bo‘limi va tuman ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida MIBning soxta xodimining shaxsi aniqlanib, u qo‘lga olindi. Ushbu shaxs ilgari ham O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan 2 marta sudlangani aniqlangan.
Hozirda Bo‘z tumani IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti