2019 yil 14 oktyabr kuni telegramm messendjeridagi “Boroda” kanaliga “YPX xodimi bilan janjal” nomli videolavha joylashtirilgan. Ushbu videolavhaga Ichki ishlar mabuot xizmati tomonidan oydinlik kiritildi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, videolavhada aks etgan holat shu yilning 20 may kuni soat 13:30larda poytaxtning Abay-Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahada yuz bergan. Voqea sodir bo‘lgan joyda yo‘l-patrul xizmati xodimi hech kim bilan janjallashmagan. Aksincha, “Spark” rusumli avtomashina haydovchisi va u bilan birga bo‘lgan o‘rtog‘i “Matiz” rusumli avtomashina haydovchisi bilan o‘zaro kelisha olmay, bir-birlarini uyatli so‘zlar bilan haqoratlab, jamoat joyida mushtlashganlar.
Mazkur uch nafar fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga muvofiq bayonomalar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Shayxontohur tumani ma’muriy sudiga yuborilgan.
O‘z navbatida, 2019 yilning 18 iyun kuni Shayxontohur tumani ma’muriy sudi A.A., Sh.X. va B.X.larni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (“Mayda bezorilik”) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topib, ularning har biriga nisbatan eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi