13 oktyabr kuni Dubay amirligining taxt vorisi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Martabali mehmon lochin bilan ov qilish maqsadida Dubai Air Wing kompaniyasining Boeing 747 samolyotida Navoiy shahriga uchib keldi. Bu shahzoda uchun an’ana bo‘lib qolgan va u har yili O‘zbekistonga shu maqsadda keladi.
Qayd qilish joizki, Navoiy shahridan qariyb 50 kilometr uzoqlikdagi cho‘l hududida 300 gektar yer maydonni egallagan «Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi» (AYTAM) joylashgan.
Markaz Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Dubay amirligining hokimi, Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum tashabbusi bilan 2008 yilning aprel oyida tashkil etilgan.
AYTAM faoliyatining asosiy maqsadi – O‘zbekistonda Osiyo yo‘rg‘a tuvalog‘ining barqaror populyatsiyasini qo‘llab-quvvatlash, ularni ko‘paytirish, asrash, hamda har yili qushlarni yovvoyi tabiiy muhitga qo‘yib yuborish kabi tadbirlar majmuasidan iborat.
Qushlarni yovvoyi tabiatga uchirish mavsumi asosan sentyabr-oktyabr oylari hisoblanadi. 2012 yildan shu vaqtga qadar markaz tomonidan tabiatga 10 mingga yaqin yo‘rg‘a tuvaloq yovvoyi tabiatga uchirilgan.
Shahzoda Hamdan boshchiligidagi delegatsiya lochinlar bilan shu hududda tuvaloqlarni ovladi va bu haqdagi videolavhani Tvitter sahifasiga joyladi.
#Uzbekistan Trip#Fazza pic.twitter.com/34jYp9ohgl
— قروب فزاع (@groupfazza) October 16, 2019
Hamdan ibn Muhammad Ol Maktum - Dubay amiri Muhammad ibn Roshid Ol Maktum o‘g‘li, Dubay amirligining merosxo‘r shahzodasi, 1982 yilda tug‘ilgan. U juda faol hayot kechirishi bilan mashhur. Uning qiziqishlari doirasi kengligi hammani hayratga soladi. Shahzoda parashutdan sakrash, suv ostiga sho‘ng‘ish, baliq ovi, lochin ovi, snoubording, velosport va sportning ko‘plab boshqa turlariga qiziqadi. «Fazza» taxallusi bilan she’rlar ham yozadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi