Foto: Videodan kadr
Shayxontohur tumanidagi Abay va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasida Lacetti avtomobili haydovchisi, 25 yoshli Anvar R. yo‘l harakatini tartibga solib turgan YPX inspektori leytenant Murod Dadamuhammedovni urib yuborgani haqida xabar berilgan edi.
Toshkent shahar IIBB tomonidan xabar berilishicha, IIBB rahbariyati va matbuot xizmati 18 oktyabr, juma kuni YTH natijasida jabr ko‘rgan YPX inspektori leytenant Murod Dadamuhammedovdan xabar olgan. Ayni paytda inspektorning ahvoli qoniqarli.
Xabar berilishicha, xodimni urib yuborgan haydovchi ham shifoxonaga kelgan. IIBB xodim va haydovchining uchrashuvi haqida videolavhada batafsil ma’lumot berilishini qayd etgan.
IIBB tomonidan ta’kidlanishicha, YTH joyida tushirilib, internet tarmog‘iga chiqarilgan video YPX inspektorining g‘azabini keltirgan. Leytenant IIBB boshlig‘i nomiga videoni ruxsatsiz internetga joylagan shaxsga nisbatan chora ko‘rilishini so‘rab, raport topshirgan.
Toshkent shahar IIBB boshlig‘i tomonidan Ichki xavfsizlik xizmati xodimlariga holatni tasvirga olgan kishining shaxsini aniqlash va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rish bo‘yicha topshiriq berilgan. Ushbu holat bo‘yicha to‘plangan faktlar prokuratura organlariga taqdim etiladi, deyiladi bosh boshqarma xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi