Foto:«Mail.ru»
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi Bandlik va mehnatni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot instituti etib qayta tashkil etiladi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Hujjat bilan, Institutning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:
- mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish sohalaridagi qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish, hududlarni demografik va iqtisodiy rivojlantirish prognozlarini o‘rganish va shu asosida aholi bandligini ta’minlash yuzasidan ilmiy takliflar ishlab chiqish;
- yoshlar va band bo‘lmagan aholini ma’qul ko‘rayotgan kasb-hunarlari, mehnat sohasidagi qiziqishlarini aniqlash maqsadida ijtimoiy tadqiqotlar olib borish;
- mehnatni muhofaza qilish sohasida xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
- yuqori malakali ilmiy xodimlar, shu jumladan, iqtisodiyot, texnika tibbiyot sohalari bo‘ yicha falsafa (PhD) va fan doktorlari (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan yosh xodimlarni ishga jalb qilish.
Qayd etilishicha institutning daromadlari soliqqa tortish ob’ekti hisoblanmaydi.
Shuningdek, institut direktori maqomi va mehnatga haq to‘lash shartlari, tibbiy va transport ta’minoti shartlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi