Qozog‘istonning «Tajen» chegara bojxona posti va Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan «Dovud ota» chegara bojxona posti o‘rtasidagi yo‘lda transport vositalarining to‘planishi va tirbandliklar yuzaga kelgan. Bu haqda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati ma’lum qildi.
DXX tomonidan xabar berilishicha, Qozog‘istonning «Tajen» chegara bojxona postida uch kun mobaynida yuzaga kelgan texnik nosozliklar sababli haydovchilardan O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishda boshqa yo‘nalishni tanlash so‘raladi.
O‘zbekiston Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati qozog‘istonlik chegarachilar yaqin vaqt ichida ushbu texnik nosozlikni bartaraf etishiga umid bildirmoqda.
Avvalroq Qozog‘istonning «Tajen» chegara bojxona postidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Dovud ota» chegara bojxona postiga kirishda 40 ta «fura» tirbandlik sababli navbatda turgani haqida xabarlar tarqalgan va O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi bu xabarlarga munosabat bildirgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi