2 837
Parlament: yangi qonun loyihasi bilan tadbirkorlik sohasidagi «o‘lik jon»larga barham beriladi
Qonunchilik palatasining 22 oktyabr kungi majlisida xalq vakillari «Tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ko‘rib chiqishda o‘zaro bahsga kirishib ketdilar.
Qonunchilik palatasi saytiga ko‘ra, muhokama etilayotgan qonun loyihasi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tugatish jarayonlarini tartib va taomillarini yanada soddalashtirish, shaffofligini oshirishga qaratilgan.
Mazkur qonun loyihasiga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektlarini tugatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan deb hisoblash uchun asos bo‘ladigan muddat to‘qqiz oyni tashkil etishi belgilanmoqda. Ya’ni, endilikda tadbirkorlik sub’ekti shuncha muddat faoliyat yuritmasa, tugatilishi uchun asos yaratilmoqda.
Loyiha bilan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar davlat soliq xizmati organining taqdimnomasiga asosan, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan Tadbirkorlik sub’ektlarining Yagona davlat reyestridan uch yil muddatga harakatsiz rejimga o‘tkazilishi belgilanmoqda. Harakatsiz rejimiga o‘tkazilgan korxonalar faoliyati uch yil davomida tiklanmagan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ularni tadbirkorlik sub’ektlarining Yagona davlat reyestridan chiqarib yuboradi. Ya’ni, tadbirkorlik sohasida “o‘lik jon”larga barham beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi