2019 yil yanvar-sentyabr oylarida respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 117,6 ming kishini tashkil etdi. Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, 115,6 ming kishi respublika hududlaridan, 2,0 ming kishi xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelgan.
Ko‘chib ketganlar soni esa 126,1 ming kishini tashkil etdi - 115,6 ming kishi respublika hududlariga, 10,5 ming kishi xorijiy mamlakatlarga. Migratsiya saldosi minus 8,5 ming kishi bo‘lib, 2018 yilning mos davrida minus 11,7 ming kishi bo‘lgan.
Migratsiya saldosining yuqori darajasi Qashqadaryo (minus 4,9 ming kishi), Samarqand (minus 4,0 ming kishi), Toshkent (minus 3,5) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (minus 3,3 ming kishi) qayd etildi. Migratsiya saldosining ijobiy darajasi Toshkent shahrida (plyus 19,3 ming kishi) kuzatildi.
2019 yil yanvar-sentyabr oylarida doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlar soni 1971 kishini tashkil qildi. Bu borada yetakchilik Qozog‘istonda - 31,1 foiz. Keyingi o‘rinlardan Rossiya (23,1 foiz), Tojikiston (22,8 foiz), Qirg‘iziston (13,3 foiz) va boshqa davlatlar (9,7 foiz) joy oldi.
2019 yil yanvar-sentyabr oylarida doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni 10 472 kishiga teng bo‘ldi. Bunda yetakchilik Qozog‘istonda - 57,4 foiz. Keyingi o‘rinlardan Rossiya (37,3 foiz), AQSh (0,9 foiz), Isroil (0,8 foiz) va boshqa davlatlar (3,6 foiz) joy oldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi