Davlat statistika qo‘mitasida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2019 yilning yanvar—sentyabr oylarida 112 ming 200 ta o‘lim qayd etildi.
Qayd etilishicha, ushbu o‘lim holatlarining 60,6 foizi qon aylanish tizimi kasalliklari tufayli sodir bo‘lgan.
Shuningdek, ularning 9,8 foizi — o‘simtalardan, 6,4 foizi — baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 5,5 foizi — ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 4,2 foizi — nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 1,4 foizi — yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 12,1 foizi — boshqa kasalliklardan vafot etgan.
Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 5,3 ming nafarni tashkil etib, ularning 58,7 foizi — perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 18,2 foizi — nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 12, foizi — tug‘ma anomaliyalardan, 2,8 foizi — yuqumli va parazitar kasalliklardan, 2,1 foizi — baxtiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 0,7 foizi — ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan va 5,5 foizi — boshqa kasalliklardan vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi