date

G‘iybat bilan shikoyat farqi bor!

G‘iybat bilan shikoyat farqi bor!
Yazid ibn Abu Sufyon Shom mamlakatiga hokim bo‘lib turgan vaqtida Shomdagi bir guruh kishilar xamr ichib, uni o‘zlariga halol qildilar va daliliga ushbu oyatni (noto‘g‘ri ta’vil qilib) keltirdilar:
«Iymon keltirgan va solih amal qilgan kishilarga (hukm nozil bo‘lishidan ilgari) yeb ichgan narsalarida hech qanday gunoh yo‘q» (Moida surasi, 9-oyat).

Hokim bu odamlar ustidan shikoyat qilib, hazrat Umarga maktub yubordi. Hazrat Umar: «Atrofingdagi boshqa kishilarni ham buzmaslaridan oldin ularni mening yonimga jo‘natib yubor», deb javob yozdilar. Ular Umar roziyallohu anhu huzuriga kelgach, sahobiylarni to‘plab, maslahatlashdilar. Sahobiylar: «Ey Amirul mo‘minin! Bular Allohga tuhmat qildilar, Uning dinida U izn bermagan ishni joriy etdilar. Shuning uchun ularning bo‘yniga (qilich) uring, ya’ni o‘ldiring», dedilar.

Sahobiylar orasida Ali roziyallohu anhu indamay o‘tirgan edilar. Umar roziyallohu anhu u kishidan: «Siz nima deysiz?» − deya so‘radilar. Ali roziyallohu anhu: «Ulardan tavbani talab qiling, agar tavba qilmasalar, bo‘ynilariga (qilich) uring, bordi-yu, tavba qilsalar, ularga sakson darra uring», deb maslahat berdilar. Umar roziyallohu anhu ulardan tavbani talab qilgan edilar, ular tavba qildilar, so‘ng ularga sakson darra urdirdilar («Tanbehul g‘ofilin»; «Musannafi Ibn Abu Shayba», 29000-hadis).

Eslatma!
Shuni bilish muhimki, ayblardan qaytara olmaydigan kishi yoniga borib, birovning aybini bayon qilish va uni g‘iybat qilish durust emas. Chunki, bunday g‘iybatdan hech qanday foyda yo‘qdir. Keltirib o‘tilgan hikoyaga ham e’tibor qilgan bo‘lsangiz, gunoh va xato ish qilgan kishilar ustidan qilingan shikoyatlar (g‘iybatlar) faqatgina ularni qaytara oladigan kishilargagina aytilgan yoki yetkazilgan.

Muhammad Abdulhay Lakhnaviy

Manba: Azon.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » G‘iybat bilan shikoyat farqi bor!
-->