date
views 2 432

Taxiatoshda alimentdan qarzdor otalar 15 sutkaga qamaldi

Taxiatoshda alimentdan qarzdor otalar 15 sutkaga qamaldi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining buyruqlariga asosan qarzdor A.Pirnepesov, I.Xaybullayev, A.Fayzullayev va I.Reymbayevlardan sobiq turmush o‘rtoqlari foydasiga ularning tarbiyasidagi farzandlarining ta’minoti uchun voyaga yetguniga qadar oyma oy aliment undirilishi belgilangan.

Lekin, Majburiy ijro byurosi Taxiatosh tuman bo‘limi tomonidan bir necha bor ogohlantirishlarga qaramasdan, qarzdor otalar tomonidan shu kungacha har xil sabablarga ko‘ra to‘lanmay, buyin tovlab kelingan va alimentdan har birining qarzdorligi 10 mln so‘mga yaqin summani tashkil qilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor A.Pirnepesov, I.Xaybullayev, A.Fayzullayev va I.Reymbayevlarning qarshisiga O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 474-moddasi bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, MJtKning 245-moddasi 1-bandiga muvofiq Xo‘jayli tuman ma’muriy sudiga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan va sud tomonidan qarzdor A.Pirnepesov, I.Xaybullayev va A.Fayzullayevga nisbatan 15 oktyabrdan boshlab, qarzdor I.Reymbayevga 22 oktyabr kunidan boshlab 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Taxiatoshda alimentdan qarzdor otalar 15 sutkaga qamaldi