
Toshkent viloyatida 29 yoshli Feruz M. 25 yoshli Abubakir T.ga tegishli bo`lgan “Lasetti” rusumli avtomobilni olib qochdi. Bu haqida Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi ma`lum qildi.
Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi, ya`ni “Transport vositasini olib qochish” bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Gumonlanuvchini qo`lga olish bo`yicha choralar ko`rish tadbirlari boshlandi.
27-oktyabr kuni taxminan soat 06.15da, davlat raqamlari olib qochilgan avtomobilniki bilan bir xil bo`lgan transport vositasi Chilonzor tumanidagi Bunyodkor ko`chasida YPX va PPX xodimlarining nazariga tushdi. Ammo haydovchi xodimlarning transport vositasini to`xtatish haqidagi qonuniy talabini bajarmasdan, harakatni davom ettirdi.
Chilonzor tumani IIO FMB jamoat tartibini saqlash bo`linmasi boshlig`i podpolkovnik Rixsiev Toxir engil mashinada navbatchilik olib borayotganda olib qochilgan avtomobilni ko`rib qoladi. G`arazgo`y qochishga uringaniga qaramasdan, podpolkovnik o`z avtomobilida uni yo`lni chetiga qisib to`xtatgan va qonunbuzar qo`lga olindi.
Toshkent shahar IIBB rahbariyati fidokor xodimni taqdirlashga qaror qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar