15:38 / 31.10.2019
2 173

Ilmiy faoliyat yurituvchilar endi 48 kunlik mehnat ta’tiliga chiqadi

Ilmiy faoliyat yurituvchilar endi 48 kunlik mehnat ta’tiliga chiqadi
Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisida «Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni senatorlar tomonidan ma’qullangan edi. 2019 yil 29 oktyabr kuni davlat rahbari mazkur Qonunni imzoladi.

Senati a’zosi Solijon Mo‘minovning yozishicha, Qonunda ilmiy faoliyat sub’ektlari doirasi, ularning huquq va majburiyatlari, oliy ta’lim muassasalarida ilmiy faoliyat yuritish tartibi ochib berilgan. Jumladan, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni bilan birga ilmiy faoliyat ham yuritiladi va ushbu muassasalarning pedagog kadrlari tegishli yo‘nalishlarda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari shart.

Bundan tashqari, Qonunda quyidagilar belgilangan:

- bazaviy moliyalashtirish;
- ilmiy loyihalarni moliyalashtirish;
- stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturani moliyalashtirish;
- noyob ilmiy ob’ektlarni saqlashni moliyalashtirish;
- ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalanish markazlarini moliyalashtirish.

Qonunda ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasida xalqaro hamkorlik qilish masalalari tartibga solingan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasida xalqaro hamkorligi milliy ilmiy maktablarning jahon miqyosida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, dunyo ilm-fani va texnologiyalari ilg‘or yutuqlaridan milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini yuksaltirishda foydalanish, xorijiy sarmoyalar, chet ellik yetuk ilmiy va texnologiya markazlari, olimlari, mutaxassislarini mamlakatga jalb etish, ilmiy faoliyat yurituvchilarning xorijda tajriba va malaka orttirishlarini ta’minlash maqsadlarida amalga oshiriladi.

Shuningdek, Qonunda ilmiy faoliyat yurituvchi jismoniy shaxslarning mehnat huquqlariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Masalan, davlat ilmiy tashkilotlarning ilmiy faoliyat yurituvchilariga 48 ish kunidan iborat yillik haq to‘lanadigan hamda moddiy yordamni ko‘zda tutadigan mehnat ta’tili berilishi belgilab qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ilmiy faoliyat yurituvchilar endi 48 kunlik mehnat ta’tiliga chiqadi