16:19 / 04.11.2019
2 800

Vagon pechkasi ostiga nima yashirilgan edi?

Vagon pechkasi ostiga nima yashirilgan edi?
Bojxonachilar sifati kafolatlanmagan alkogol mahsulotlarining respublikamiz hududiga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilishiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borishmoqda.

Yaqinda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari yurtimizga kirib kelgan fuqaro J.V.ning yuklarini belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazishdi.

Natijada, ushbu fuqaro bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytmasdan hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatmasdan poyezd vagonining tepa qismi(plafon)ga, shuningdek, vagon pechkasining pastki qismida yog‘ochlar ostiga xufyona tarzda yashirgan holda, umumiy qiymati 33 million so‘mlik 66 litr viskilarni tijorat maqsadida olib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha bojxona surishtiruvi ishlari amalga oshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vagon pechkasi ostiga nima yashirilgan edi?