
Fransiya bank tizimi vakilining soʻzlariga koʻra, ushbu tizimni yaratish tashabbusi Yevropa markaziy bankidan chiqqan.
Yevropadagi kamida yigirmata bank Amerikaning Visa va MasterSard tizimlari oʻrnini bosuvchi umumqitʼa toʻlov tizimini yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda oʻz manbalariga tayaniyu Frans-Press agentligi xabar berdi.
Tashabbus loyihasi PEPSI – Pan-European Payment System Initiative (“Panevropa toʻlov tizimi loyihasi”) deb nomlanadi.
Fransiya bank tizimi vakilining soʻzlariga koʻra, ushbu tizimni yaratish tashabbusi Yevropa markaziy bankidan chiqqan. Manbaning taʼkidlashicha, Yevropa markaziy banki “toʻlovlarning mustaqilligi” bilan bogʻliq vaziyatdan tashvishda va buni “texnik emas”, siyosiy muammo deb hisoblamoqda.
Agentlikning qayd etishicha, Yevropadagi hech bir yirik moliya instituti ushbu loyihada ishtirok etayotganini tasdiqlamagan. Manbalarning bildirishicha esa, loyihaga Fransiyadagi aksariyat banklar hamda Germaniyadagi Deutsche Bank jalb etilgan.
Fransiya BankiYevropa Markaziy BankiTo'lov TizimiPEPSI LoyihasiYirik Moliya InstitutlariGermaniya Deutsche Bank O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar