Gohida shunday bo‘ladiki, muhtojga yordam qilish savob deb, qarz berganlar uni qaytarib olguncha, ona suti og‘ziga keladi. Eng yomoni, qarz olgan odam qarzini qaytarish vaqti kelganda esa turli bahonalar izlab, “pulim yo‘q, qayerga, kimga borsang-bor, senga pul bermaymayman”, deb to‘nini teskari kiyib oladiganlar ham uchrab turadi.
Sho‘rchi tumanida yashovchi Ch.Boymirov ham yaxshilik qilaman deb, yaqin tanishiga 12 ming 700 AQSh dollarini 2015 yil 10 mart kuni 4 oy muddatga qarz sifatida berib turadi.
4 oy muddatga deb olingan qarz 3 yilda ham qaytarilmagach Ch.Boymirov fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudiga murojaat qildi.
FIB Denov tumanlararo sudi tomonidan uning da’vo arizasi qisman ta’minlanib 12 ming AQSh dollarining milliy valyutaga nisbatan qiymati ya’ni 97 million 756 ming 560 so‘m miqdoridagi qarz undirishni belgilandi.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Sho‘rchi tuman bo‘limi ish yurituviga olinib, qarzdorlikni barcha undirish choralari ko‘rildi.
Ijro harakatlari davomida, 97 mln. 756 ming so‘mlik qarz to‘liq undrildi va Ch.Boymirovga tilxat asosida topshirildi.
Qarzdorga nisbatan qo‘yilgan cheklovlar Majburiy ijro byurosining Sho‘rchi tuman bo‘limi tomonidan bekor qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin