2019 yilning 8 noyabr kuni soat 07:15lar atrofida Toshkent viloyatida ikkita avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent shahri Uchtepa tumanida joylashgan “Aziya Mebel” tekstil fabrikasiga ketayotgan, "Oqqo‘rg‘on-Quyi Chirchiq-Yangiyo‘l" yo‘nalishida harakatlanayotgan "Isuzi" markali avtobus mahalliy aholidan iborat ishchilarni Toshkent shahridagi korxonalardan biriga olib ketayotgan avtobusni quvib o‘tmoqchi bo‘lganida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda to‘qnashib ketgan avtobuslarda jami 39 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Jabrlangan yo‘lovchilar Quyi Chirchiq va Oqqo‘rg‘on tumanlari markaziy kasalxonalariga joylashtirilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan, ularning yaqinlariga xabar berilgan.
Yo‘lovchilarning 1 nafari ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay shifoxonada vafot etgan. Vaziyat huquq-tartibot idoralari nazoratiga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat