13:30 / 13.11.2019
2 289

Bugun Toshkentda turizm brendi elchilari uchrashadi

Bugun Toshkentda turizm brendi elchilari uchrashadi
13 noyabr kuni o‘z ishini boshlaydigan “Ipak yo‘lida turizm” XXV Toshkent xalqaro turistik ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Respublikasining turizm brendi elchilari xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro forumda O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi turistik brend elchisi – mashhur akter Yuriy Stoyanov, Isroildagi turistik brend elchisi – taniqli aktyor, “Xanda” teatri badiiy rahbari Xay Davidov, Qozog‘istondan – Lazzat Axanova hamda Buyuk Britaniyadan – nufuzli marketolog Sofi Ibbotson ishtirok etadi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga doir muhim choralardan biri xorijiy mamlakatlarda turistik brend elchilari institutining joriy qilinishi bo‘ldi.

Shu kunga qadar o‘z mamlakatlarida taniqli bo‘lgan shaxslar, jamoat arboblari turistik brend elchilari maqomini qo‘lga kiritishgan.
Elchilar faoliyatining asosiy yo‘nalishi O‘zbekiston turistik salohiyatini targ‘ib qilish hamda respublikaning tanilishini oshirish hisoblanadi.

O‘zbekiston turistik brend elchilari xalqaro forumi mamlakatimizda birinchi marta o‘tkazilayotgani bilan ham ahamiyatlidir. Ilk forumning o‘tkazilishi XXV Toshkent xalqaro turistik ko‘rgazmasiga to‘g‘ri kelgani ham o‘ziga xos ramziy ahamiyat kasb etadi.

Shu kunga qadar O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi turistik brendlari soni 14 nafarni tashkil qiladi:
Rossiya – Yuriy Stoyanov;
Isroil – Xay Davidov;
Qozog‘iston – Lazzat Axanova;
Buyuk Britaniya – Sofi Ibbotson;
Pokiston – Qosim Ali-Shox;
Avstriya – Gertruda Tauxammer;
Indoneziya – Eko Sri Margianti;
Malayziya – Daler Yusuf;
Hindiston – Ritu Beri;
Koreya Respublikasi – Li Yeng Ye;
Malayziya – Mohd Asri Zain-ul Abidin;
Singapur – Fillip Tan Yeng Seong;
Yaponiya – Atsuko Mayeda;
Fransiya – Jerar Deparde.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugun Toshkentda turizm brendi elchilari uchrashadi