
Jizzaxda 2004-yilda tugʻilgan 9-sinf oʻquvchisi oʻgʻil farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi.
14-noyabr kuni Jizzax shahar “Madaniyat” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi, 5-sonli oʻrta maktabning 15 yashar oʻquvchisi sogʻligʻi yomonlashganligi sababli Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filialiga murojaat qilgan. Shifokorlar uning homilador ekanligini aniqlab, Jizzax viloyati perinatal markaziga yoʻllanma bergan.
U shu kunning oʻzida 1-tugʻruq boʻlimida 34 haftalik oʻgʻil farzandni dunyoga keltirgan.
Holat yuzasidan 19-noyabr kuni Jizzax shahar IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 2019-yilning yanvarida Toshkentdagi maktablarning birida 8-sinf oʻquvchisi, Fargʻona viloyati Beshariq tumanida 14 yoshli qiz homilador boʻlib qolgani haqida xabar berilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar