15:28 / 23.11.2019
3 053

Yirik miqdordagi pirotexnika vositalari yo‘q qilindi

Yirik miqdordagi pirotexnika vositalari yo‘q qilindi
Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, A.A. ismli shaxs xech qanday hujjatlari bo‘lmagan xorijda ishlab chiqarilgan 67290 dona pirotexnika vositalarini noqonuniy sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organiga yuborildi.

Shuningdek, Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari Buxoro viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan mas’uliyati cheklangan jamiyat nomiga olib kelingan yog‘och mahsulotlari orasiga yirik miqdordagi pirotexnika vositalari va biofaol qo‘shimchalar yashirilganligini aniqlab, mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Olmazor tuman sudi hukmiga muvofiq umumiy qiymati 4 milliard 200 million so‘mdan ortiqni tashkil etuvchi 102 118 dona pirotexnika vositalari hamda 5 613 dona sifati kafolatlanmagan biofaol qo‘shimchalar Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari hamda tegishli idoralar vakillari bilan hamkorlikda belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yirik miqdordagi pirotexnika vositalari yo‘q qilindi