O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tarkibidagi “uzluksiz ta’lim” tizimi bo‘lg‘usi harbiy xizmatchi va ofitserlarning mustahkam bilim olishlarida katta ahamiyatga egadir. Bugungi kunda Milliy gvardiyaning oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan yoshlar nafaqat harbiy fanlar va sport, balki har sohada mukammal bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan.
Bunday ta’lim jarayonining natijasini Harbiy-texnik instituti kursantlarining Respublika miqyosida tashkil etib kelinayotgan qator tadbir va tanlovlardagi ishtirokida ko‘rishimiz mumkin.
Joriy yilning 21 noyabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi tashabbusi bilan Qurolli kuchlar tizimi va huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinidagi Milliy gvardiya kursantlarining faol ishtiroki bunga yorqin misoldir.
Milliy gvardiya, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining Toshkent viloyatida joylashgan barcha harbiy qism va muassasalari yoshlarining jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur bellashuvda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti kursantlarining “O‘zbegim o‘g‘lonlari” jamoasi umumjamoa hisobida faxrli 1 o‘rinni qo‘lga kiritib, ko‘chma kubok bilan taqdirlandilar. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi