
Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent tumanlararo iqtisodiy ijro varaqasiga asosan qarzdor korxonadan undiruvchi bank foydasiga jami 7 mlrd. 590 mln. so‘m miqdorida qarz undirish haqidagi ijro ishi mavjud.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga tegishli bo‘lgan Toshkent shahar, Yashnobod tumani, S.Mashhadiy ko‘chasidagi umumiy maydoni 14280 kv.metrdan iborat bo‘lgan ishlab chiqarish va ma’muriy bino xatlanib, band solinib, xatlangan mulk “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga sotish uchun chiqarilgan edi.
Ijro harakatlari davrida qarzdor undiruvchi bankka 7 mlrd. 590 mln. so‘m miqdoridagi qarzni to‘liq to‘lab bergan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar