
1-10-dekabr kunlari Toshkent shahridagi Koʻrgazma savdo markazida “Asal bayrami” koʻrgazma-yarmarkasi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.⠀
Asal bayrami va asal mahsulotlari koʻrgazma-yarmarkasi Oʻzbekiston asalarichilar uyushmasi hamda “Aloqabank” AT tomonidan tashkil etilmoqda. Yarmarkada togʻ asali, uyali asal va 200 dan ortiq boshqa asal mahsulotlari namoyish etiladi. ⠀
“Shunday ekan, yilning eng “shirin” koʻrgazmasiga tashrif buyuring va respublikamizning barcha hududlaridan keltirilgan turli xil asal mahsulotlarini xarid qiling! Manzil: Toshkent shahri, Beruniy koʻchasi, 41-uy” deyiladi xabardi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar