date
views 3 769

O‘zbekistonda OITSga chalinganlar soni ma’lum qilindi

O‘zbekistonda OITSga chalinganlar soni ma’lum qilindi
OIV infeksiyasiga qarshi kurash va epidemiyaga samarali javob berish davlat va nodavlat tashkilotlari, jamoatchilik, jumladan, fuqarolik jamiyati uchun dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Mutaxassislar so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda yurtimizda OIV infeksiyasi bilan yashovchi shaxslar soni 41 mingdan ortiq. Ularning 57 foizini erkaklar, 43 foizini ayollar tashkil etmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

– Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni barcha hamkorlar uchun milliy va mahalliy darajada OITS tarqalishiga qarshi kurashda fuqarolik jamiyatining muhim ahamiyatga ega ekanligini anglash uchun yana bir imkoniyatdir, – deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Muhammadjon Bozorov.

– Anjumanda muhokama etilgan masalalar aholining OIV infeksiyasi bilan kasallanishi oldini olish, kasallikni erta aniqlash va uning keng tarqalib ketishiga qarshi tadbirlarni o‘z vaqtida tashkil etish, OIV infeksiyasi bilan kasallangan shaxslarga oid muammolarni bartaraf etish orqali ularning mehnat qobiliyatini saqlab qolish, kasallikni boshqalarga yuqtirish xavfini kamaytirishga fuqarolik jamiyatlarining hissa qo‘shish imkoniyatini oshirishga yordam beradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda OITSga chalinganlar soni ma’lum qilindi