15:00 / 29.11.2019
3 049

Xonadonlarda tarqaluvchi xavfli bakteriya aniqlandi

Xonadonlarda tarqaluvchi xavfli bakteriya aniqlandi
Foto: “Healthhearty.com”
Olimlarning fikricha, uydagi shart-sharoit turli bakteriyalar koʻpayishi uchun juda qulay. Bu bakteriyalar, hatto, antibiotiklarga ham chidamli boʻlishi mumkin.

Sent-Luisdagi Vashington universiteti Tibbiyot maktabi mutaxassislari tadqiqot oʻtkazishgach, ana shunday xulosaga kelishdi, deya xabar berdi “MedicalXpress” nashri.

Jumladan, aksariyat xonadonlarda stafilokokk bakteriyasining izlari topilgan. Buni qarangki, mazkur bakteriya odamlarning yarmida, hayvonlarning uchdan bir qismida uchraydi.

Tadqiqotchilar stafilokokk izlarini eshik, javon, sovitkich tutqichlarida, suv anjomlari, oshxona stoli, chiroq yoqqichlar, shuningdek, sichqoncha va klaviaturalarda topishgan.

Profilaktika maqsadida shifokorlar qoʻllarni tez-tez yuvishni, kuniga ikki marta tish tozalashni, issiq vanna oʻrniga dush qabul qilishni maslahat berishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xonadonlarda tarqaluvchi xavfli bakteriya aniqlandi