Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
Buxoroda 29 noyabr, juma kuni uch kishining o‘limiga olib kelgan Nexia va avtobus ishtirokidagi YTHga nima sabab bo‘lgani aniqlandi.
IIV YHXBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea taxminan soat 07:15 larda sodir bo‘lgan. Andijon shahrida yashagan 22 yoshli haydovchi X.S. Nexia-2 mashinasini «Toshkent—Xorazm» A-380 yo‘lining 305 kilometrida haydab ketayotganida rulda uxlab qolishi oqibatida, qarshisidan Buxoro shahrida yashovchi 33 yoshli haydovchi X.M. boshqarib ketayotgan Higer rusumli avtobus yo‘liga chiqib, to‘qnashgan.
Oqibatda Nexia-2 haydovchisi X.S. va 2 nafar yo‘lovchisi 19 yoshli R.S., 49 yoshli M.M. hodisa joyida vafot etgan. Avtobus haydovchisi va yo‘lovchilari tan jarohati olmagan.
Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Odamlar o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilardan kuchli toliqish holatida transport vositalarini boshqarmaslikni so‘ragan holda bunday holatda harakatlanish haydovchi va yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari xavfsizligiga tahdid solishi haqida ogohlantirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi