3 914
Ertadan O‘zbekistonga «Turkmanenergo» elektr yetkazib beradi. Endi uzilishlar bo‘lmaydimi?
Energetika vazirligi tizimiga kiruvchi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» kompaniyasi 2019—2020 yillarda elektr energiyasini import qilish yuzasidan Turkmanistonning «Turkmanenergo» davlat elektr energetika korporatsiyasi bilan kelishuvga erishganini e’lon qildi.
Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, 1 dekabrdan boshlab «respublikamiz elektr energiyasi ta’minotida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berib, tarmoqdagi cheklovlar keskin kamayadi».
Eslatib o‘tamiz, sovuq kunlar kelishi bilan Toshkent shahrida va O‘zbekistonning qolgan hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar yuz bera boshlagan edi. Bosh vazir Abdulla Aripov 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 27 noyabrda kun davomida 110 kV kuchlanishli 144 ta elektr o‘tkazish liniyalarida 300 dan ortiq cheklovlar kiritilgani, bu cheklovlar 1,5 soatdan 5 soatgacha davom etganini ma’lum qilgan edi.
Bundan tashqari, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq salkam 31,5 mingta holat aniqlanib, yetkazilgan zarar miqdori 22 milliard so‘mga teng ekani ta’kidlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi