date
views 2 121

Senat raisi: “Odamlarning muammolarini shunchaki tinglash emas, balki ularni tezlik bilan hal qilish kerak”

Senat raisi: “Odamlarning muammolarini shunchaki tinglash emas, balki ularni tezlik bilan hal qilish kerak”
Oliy Majlis Senati yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan inson manfaatlari hamma narsadan ustun, degan tamoyil jamiyatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish, ommaviy axborot vositalari erkinligini ta’minlashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Senat raisi T.Norboyeva ushbu jarayonni alohida e’tirof etar ekan, bu masalalarga e’tibor berilmasa, huquqiy davlat sifatida rivojlana olmaymiz, oldinga yura olmaymiz, deya qayd etdi. Dunyo bugun O‘zbekistonni qayta kashf qilmoqda, ayrim muammoli masalalar yuzasidan davlatlar o‘rtasidagi reytinglarda mamlakatimiz pozitsiyasi yaxshilanmoqda.

Mamlakatni yanada rivojlantirish bizdan yangicha yondashuvlarni, birinchi navbatda – hokimiyat faoliyatining shaffofligini, oshkoraligini talab qilmoqda.

– Rahbarlarning xalq uchun ochiqligi, jamiyatimizning barcha sohalarida ochiqlik – bugungi kun talabi, - dedi Senat raisi. - Boshqa yo‘limiz yo‘q va bunga ko‘nikib, ishimizni qayta ko‘rib chiqishimiz kerak.Bugun biz odamlar bilan kundalik muloqot qilib, ularning muammolarini shunchaki tinglash emas, balki ularni tezlik bilan hal qilish kerak.

N.ABDURAIMOVA
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Senat raisi: “Odamlarning muammolarini shunchaki tinglash emas, balki ularni tezlik bilan hal qilish kerak”