
Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, general-mayor Aziz Ikromovning Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, vazir o‘rinbosari endilikda eskicha usullarda ishlab bo‘lmasligini, hozir har bir xodimdan jonbozlik ko‘rsatish, tashabbuskor bo‘lish, tinimsiz izlanish va o‘rganish talab etilishini, buning uchun eng avvalo har bir xodimning bilim darajasi yuksak, muomala madaniyati boshqalarga o‘rnak bo‘lishi zarurligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Qayd etilishicha, u kamchiliklarga yo‘l qo‘yadigan, odamlarni sarson qilib, ularning noroziligini keltirib chiqaradigan, siyosiy va ijtimoiy dunyoqarashi past, saviyasiz, siyosiy dunyoqarashi tor, qolaversa madaniyatsiz xodimlarga safimizda o‘rin yo‘q, deya qat’iy fikr bildirgan.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari xodimlarning maxsus kiyim-boshlariga, orastaliklariga ham e’tibor qaratib, o‘zining tanqidiy fikrlarini bildirdi. O‘rta bo‘g‘in rahbarlar, saf bo‘linmalari komandirlari zimmasidagi vazifalarni, ularning oldiga qo‘yiladigan vazifalarni atroflicha tushuntirib, komandirlar bilan suhbatlashdi.

- Sizlarning asosiy vazifalaringizdan biri va eng muhimi qo‘l ostingizdagi har bir xodim haqida, uning oilasi, ijtimoiy ahvoli, ruhiy holati to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish, - dedi A.Ikromov. - Agar qo‘l ostingdagi xodimning oilaviy sharoiti yaxshi bo‘lsa, uning e’tibori ishga, uning sifatiga qaratiladi.

Bundan tashqari, u Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamisha xalq ko‘z o‘ngida faoliyat olib borishini, fuqarolar ularning harakatlariga qarab butun ichki ishlar organlari faoliyatiga baho berishini tushuntirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar