Oliy ta’lim muassasalari talabalari va akademik litsey hamda professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga 2019-2020 o‘quv yili qishki ta’til davri 2019 yil 20 dekabrdan 2020 yil 6 yanvargacha etib belgilandi. Bu haqda vazirlik o‘z kanalida rasman ma’lum qildi.
2019 yilning 22 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga umumxalq saylovlari o‘tkazilishi munosabati bilan talabalar va o‘quvchilarning o‘zi doimiy ro‘yxatdan o‘tgan yashash joyida ovoz berishlari uchun qishki ta’til muddati o‘zgartirildi.
Bu haqda tegishli qaror O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qabul qilingan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga ketadigan talaba va o‘quvchilarning qishki ta’til paytida doimiy yashash joylariga borib-kelishlari uchun qulayliklar yaratish maqsadida joriy yilning 16 dekabridan 22 dekabr kuniga qadar hamda 2020 yilning 1 yanvaridan 6 yanvariga qadar 50 % chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvini yo‘lga qo‘yiladi.
2020 yil 6 yanvar - dushanba o‘qishning birinchi kuni etib belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?