
Jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi raisi M.H. «shantaj»ga uchradi.
Mahalliy fuqaro B.Q. uning o‘zi, otasi va ukasining ustidan yuqori turuvchi organlarga shikoyat yozishni to‘xtatish evaziga undan pul talab qiladi. Bunday holatda qanday harakat qilishni qonun peshvosi yaxshi biladi: go‘yoki talabga rozilik bildiradi, so‘ng...
Qisqasi, B.Q. tuman sudi raisidan jami 78 millon so‘m pulni olayotgan paytda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, holat bo‘yicha allaqachon jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar