
O‘zbekistonda kuzatilayotgan ob-havo sharoiti (tuman, ko‘rishning pasayishi) tufayli Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bir nechta reysi belgilangan vaqtda havoga ko‘tarila olmadi.
Aviakompaniya xabariga ko‘ra, London - Toshkent yo‘nalishidagi HY-202 reysi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga qo‘na olmadi, samolyot qo‘mondoni Navoiy shahridagi zaxira aeroportiga favqulodda qo‘nishga qaror qildi.
Shuningdek, Toshkent-Dehli yo‘nalishidagi HY-423 reys parvozi kechiktirilishi kutilmoqda - u ob-havo sharoiti yaxshilangunga qadar, soat 11:30ga qoldirildi.
Toshkent-Bangkok yo‘nalishidagi HY-533 reysining jo‘nashi ham noma’lum muddatga qoldirildi.
Bundan tashqari, Qarshi-Moskva yo‘nalishidagi HY-623 reysi parvozga ko‘tarilishiga ruxsat berilishini kutmoqda.
Shuningdek, Toshkent-Qarshi va Toshkent-Buxoro yo‘nalishlari bo‘yicha mos ravishda HY-77 hamda HY-23 reyslari ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar