
Uttar Pradesh politsiyasi juma kuni payshanba oqshomida Surajpur hududida mast holda ikki qizini o‘ldirgan odamni hibsga oldi. Ayblanuvchi Xari Solanki rafiqasi bilan janjallashgandan keyin olti va uch yoshli qizlarini o‘ldirdi.
Politsiyachi Ranvijay Singxning so‘zlariga ko‘ra, ayblanuvchi Solanki mast holatda bo‘lgan. Ma’lumotlarga qaraganda, ertalab bir qizining jasadi uyda, boshqasiniki esa tashlandiq binoda topilgan.
Hodisadan keyin ayblanuvchi bedarak yo‘qolgan, ammo keyinroq politsiya tomonidan hibsga olingan.
Ma’murning so‘zlariga ko‘ra, qizlarining boshiga zarba berilganligi jarohat izlaridan bilinib turar edi.

Ushbu holat bo‘yicha FIR ro‘yxatga olingan va qo‘shimcha tergov ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar