Yurtimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarga keng imkoniyatlar yaratib berilishiga qaramasdan, afsuski ayrim qo‘shtirnoq ichidagi “tadbirkor”lar orasida noqonuniy yo‘l bilan ko‘proq daromad olishni maqsad qilib, o‘zlari bilib bilmasdan qonunbuzarlik holatlarini sodir etishmoqda.
Jumladan, Majburiy ijro byurosning Denov tuman bo‘limi tomonidan tumandagi “Bog‘ieram” MFYda yashovchi fuqaro I.D. xonadonida qo‘lbola ohak sexi tashkil qilinganligi fosh etildi. Huquqbuzar umumiy foydalanishdagi yer ustidan o‘tgan tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 3 dona qo‘lbola qozon hamda 4 dona qo‘lbola usulda tayyorlangan gorelkalardan ohak mahsulotlarini tayyorlashda foydalanib, jami 22,5 million so‘mlik tabiiy gazni noqonuniy iste’mol qilib, tuman gaz tarmoqlari korxonasi manfaatlariga moddiy zarar yetkazganligi aniqlangan.
Tekshiruv ishlari davomida huquqbuzar zararni to‘liq qoplab bergan. Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida, Byuroning viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?