date
views 2 915

Ikki yigitni «samosud» qilgan angrenlik mushtumzo‘rlar uzr so‘radi (video)

Ikki yigitni «samosud» qilgan angrenlik mushtumzo‘rlar uzr so‘radi (video)
Kadr: Telegram
13 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir guruh shaxslar tomonidan ikki nafar o‘smir yigitning haqorat qilinib, kaltaklangani aks etgan videodagi voqealar 2018 yili Angren shahrida sodir etilgani ma’lum bo‘ldi.

Toshkent viloyati IIBB tomonidan taqdim etilgan videoda mushtumzo‘r yigitlarning barchadan uzr so‘ragani aks etgan: VIDYEO

- 2018 yilning fevral oyi oxirlarida Shaxzod degan bola bilan o‘rtamizda kelishmovchilik kelib chiqdi. Ertasi kuni gaplashib turganimizda, mushtlashib ketdik. Aytgan gaplarim, so‘kkan so‘zlarimdan juda pushaymonman. Bu narsani boshqalarga tavsiya qilmayman. Janjaldan keyin bolaning uyiga borib o‘zidan, uning yaqinlaridan uzr so‘radim.

Ta’kidlanishicha, IIB va shifoxonaga murojaat qilinmagan, o‘zlari o‘rtada hal qilishgan.
Mushtumzo‘rlardan biri janjalni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborganidan afsusda ekanligini bildirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ikki yigitni «samosud» qilgan angrenlik mushtumzo‘rlar uzr so‘radi (video)