
«O‘zbekiston 24» telekanali Prezident Shavkat Mirziyoyevning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 162-saylov uchastkasida oila a’zolari bilan birga ovoz berib, parlament saylovida qatnashgani haqida reportaj e’lon qildi. Prezident ovoz berib bo‘lganidan so‘ng, saylov uchastkasiga kelgan odamlar bilan suhbatlashgan, ular bilan birgalikda suratlarga tushgan, birinchi marta ovoz bergan yoshlar, ota-onasi bilan kelgan bolalarning o‘qishlariga rivoj tilagan.
«Nuroniylar mamlakatimizga tinchlik-farovonlik, Prezidentimizga sog‘lik-omonlik tilab duolar qildi... Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ham muloqot qildi. Ular saylovlar ochiq, yuksak saviyada o‘tayotganini, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligi oshganini ta’kidlashdi», — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.
[media=https://youtu.be/qgdCYE1Ij9Q] “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar