Londonlik stomatolog shifokor Kristofer Orr tishlar uchun qaysi ichimliklar zararli ekanligini aytdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, tishlarga eng ko‘p zararni gazlangan ichimliklar yetkazadi. Ular tarkibida yuqori darajadagi kislotalilik va ko‘p miqdorda shakar bo‘lishi bois tish emalini parchalaydi.
Shifokor gazlangan ichimliklarni yarim soat oraliqda ichish kerakligini aytdi. Organizmning tabiiy himoyachisi bo‘lgan tupuk ajralib chiqishi uchun aynan shuncha vaqt lozim bo‘ladi.
"Ichimlikni bir necha soat davomida ichaversangiz, organizmda tupuk ajralib chiqishi uchun imkoniyat qolmaydi", — dedi Orr.
U shuningdek, har qanday vino tishlar uchun zararli ekanini, ayniqsa oq vinoda kislota yuqori darajada ekanligini aytdi.
Shifokor tish emalini saqlab qolish uchun ichimliklarni naycha orqali ichish va ho‘plamlar orasida og‘izni suv bilan chayishni tavsiya qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi