
Yaponiya hukumati 27 dekabrdagi majlisda Ummon ko‘rfazi va Arabiston dengizining shimoliy qismiga patrullash va ma’lumot yig‘ish uchun mudofaa kuchlarini jo‘natish qarorini qabul qildi. Bu haqda “Kun.uz” sayti xabar berdi.
Yaponiya Eron bilan do‘stona munosabatlarda bo‘lgani sababli Ummon ko‘rfazi, Arabiston dengizining shimoliy qismi va Bob-al-Mondab bo‘g‘ozi bilan chegaralanadigan hududga bitta esmines jo‘natadi. Bir yilga mo‘ljallangan amaliyotga hozirda Somalida qo‘llanayotgan Lockheed P-3 Orion sohilbo‘yi patrul samolyoti ham jalb qilinadi.
Amaliyotda hammasi bo‘lib Yaponiya mudofaa kuchlarining 260 harbiysi ishtirok etadi. Ular 4 haftalik tayyorgarlikdan o‘tib, so‘ngra fevraldan buyruqni bajarishga kirishishlari mumkin bo‘ladi. Ularga yapon kemalarini himoya qilish uchun kutilmagan vaziyatda qurol qo‘llashga ham ruxsat berilgan.
Ta’kidlanishicha, patrullash hududi Hurmo‘z bo‘g‘ozi va Fors ko‘rfazini o‘z ichiga olmaydi. Yaponiya bunday cheklovni mudofaa kuchlarining hududga jo‘natilishi Eron bilan tarixiy do‘stona munosabatlarga putur yetkazmasligi uchun qabul qilgan.
Shuningdek, Yaponiyaning 2020 yilgi budjetiga Ummon ko‘rfazini patrullash uchun 4,7 mlrd iyen (43 mln dollar) ajratish bandi kiritilgan.
YaponiyaUmmon ko‘rfaziMudofaa kuchlariArabiston dengiziBob-al-MondabPatrullash amaliyoti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar