24 dekabr, seshanba kuni Zafarobod tumanida yashovchi 50 yoshli Sh.O‘. tuman IIBga ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar bermoqda.
Unda o‘g‘li, 2002 yilda tug‘ilgan R.N. Do‘stlik ko‘chasidagi uylarning oldida ketayotganida noma’lum shaxs ushlab olib, urib tan jarohati yetkazgani, bahosi 900 000 so‘mlik Samsung rusumli uyali telefon apparatini tortib olib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirib, ushbu shaxsni aniqlash va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sud tomonidan o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan 41 yoshli S.B. sodir etganligi aniqlanib, undan Samsung rusumli telefon apparati tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Zafarobod tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan S.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 4-qismi «b» bandi (o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha jabrlanuvchi, voyaga yetmagan R.N. 3 nafar shaxs orasidan aynan S.B.ni tanib olgan va unga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e’lon qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”