28 dekabr kuni Oliy Majlis Senatida O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘zga chiqqan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva gender tenglik vazifasi juda murakkab, keng miqyosli vazifa ekanini aytib o‘tdi va Birlashgan Arab amirliklari (BAA)ning bu boradagi tajribasini misol tariqasida keltirdi.
“Bu musulmon, Sharq mamlakati, biroq u gender muvozanati bo‘yicha yetakchi mamlakatlar qatoridan joy olgan. Hozirgi kunda BAA Vazirlar Mahkamasidagi 32 nafar vazirdan 9 nafari ayol kishi, o‘rta va kichik tadbirkorlik sektoridagi korxonalarning yarmi ayollar rahbarligi ostida. [U yerda] mintaqadagi ayollar uchun ilk harbiy kollej ochildi.
Har ikkala jinslar o‘rtasidagi savodxonlik darajasi 95 foizga yaqinlashadi. Universitet bitiruvchilari o‘rtasida 70 foizi ayollar. Davlat universitetlaridagi aniq fanlar kurslarining 56 foiz bitiruvchilari – ayollar. YAIMning ayollar tomonidan ishlab chiqarilgan yillik tushumi 13,6 milliard AQSH dollarini tashkil qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, gender tengligi reytingi oshirilganida avtomatik ravishda boshqa reytinglar ham ko‘tariladi. Mamlakat darhol boshqa darajaga chiqadi”, - deydi Saida Mirziyoyeva.
So‘zining davomida u bunday natijaga erishishning imkoni mavjud ekanini aytib o‘tdi va O‘zbekistonda turli sohada faoliyat yuritadigan ayollarni birlashtiruvchi klub, platformaga asos solish taklifini bildirdi. Klubning ilk yig‘ilishi 2020 yilning birinchi choragida bo‘lib o‘tishi aytildi.
Saida Mirziyoyeva so‘zining yakunida “Baxtli ayol bu - baxtli oila, baxtli mamlakat va buyuk kelajak. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Har bir muvaffaqiyatli erkak ortida muvaffaqiyatli, oqila ayol bo‘ladi”, - deya ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi