O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga Hukumat tomonidan mikromoliyalashtirish sohasini tartibga soluvchi, aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining mikromoliyaviy xizmatlarga o‘sib borayotgan ehtiyojlarini yanada qondirish uchun kredit tashkilotlarining salohiyatini oshirishga qaratilgan qonun loyihasi kelib tushdi.
Bu haqda parlament quyi palatasi axborot xizmati ma’lum qildi. Mazkur qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yildagi mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirishga doir qarorining ijrosini ta’minlash hamda mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirishda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ishlab chiqilgan. Unda mikrokredit qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 300 million so‘mdan oshmaydigan summada pul mablag‘lari ajratish ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga, mikroqarz banklar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs bo‘lgan qarz oluvchiga 50 million so‘mdan oshmaydigan summada pul mablag‘lari hamda mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 600 million so‘mdan oshmaydigan summada qarz berilishi nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasida nazarda tutilayotgan o‘zgartishlar aholining, tadbirkorlik sub’ektlarining mikromoliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabni yanada qondirishga, ularning to‘lov qobiliyatini oshirishga va ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga hamda mikromoliyaviy xizmatlar hajmi va sifatining ortishiga olib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi