date
views 3 835

MIB mehribonlik uyiga bayram sovg‘alarini ulashdi

MIB mehribonlik uyiga bayram sovg‘alarini ulashdi
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi Namangan shahridagi 26-Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, Yangi yil sovg‘alari tuhfa etishdi.

Tadbirda mehribonlik uyi direktori hamda Byuroning viloyat boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bolajonlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan muborakbod etishdi.

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan sahnalashtirilgan tomoshalar, kuy-qo‘shiqlar davraga yanada fayz kiritdi.
Boshqarma tomonidan har bir bolajonlarga shirinliklardan iborat Yangi yil sovg‘alari tuhfa etildi.
Asosiysi, Yangi yil munosabati bilan berilgan esdalik sovg‘alar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga shodlik ulashdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB mehribonlik uyiga bayram sovg‘alarini ulashdi