13:55 / 03.01.2020
1 932

«Kumushkon» turizm qishlog‘i tashkil etiladi

«Kumushkon» turizm qishlog‘i tashkil etiladi
“2019-2021 yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron, Parkent, Bo‘ka, Chinoz, Zangiota tumanlari va Angren shahri “Oltin halqa” turizm konsepsiyasi asosida rivojlantiriladi.

Shuningdek, Parkent tumanining “Kumushkon” MFY hududida “Kumushkon” turizm qishlog‘i tashkil etiladi.
Shunga ko‘ra, qaror bilan “Oltin halqa” turizm konsepsiyasi hamda “Kumushkon” turizm qishlog‘ini tashkil etish chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

“Oltin halqa” turizm konsepsiyasining asosiy vazifalaridan biri hududdagi turistik maskanlarda qulay shart-sharoitlar yaratish orqali aholi va tadbirkorlarning daromadini oshirishdan iborat.

Qaror bilan Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati tasdiqlandi. Unga ko‘ra 45 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi, 1523 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » «Kumushkon» turizm qishlog‘i tashkil etiladi