O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy dunyo yozuvchilari, ziyolilari va san’atkorlari jamg‘armasi (Türk Dünyası Yazarlar ve Sanatçılar Vakfı – TURKSAV) tomonidan ta’sis etilgan «Turkiy dunyo tiklanishiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun» xalqaro mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Bu haqda TURKSAVning Ankarada o‘tkazilgan maxsus matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Mukofot sohibining ismi-sharifi TURKSAV hay’ati kollegial qo‘mitasi tomonidan Turkiya va xorijiy davlatlarning taniqli siyosatchilari, iqtisodchilari, fan va san’at namoyondalarining 2019 yildagi faoliyatini o‘rganish natijalari asosida e’lon qilindi.
TURKSAV mukofotini topshirish marosimi 2020 yil may oyida Anqarada Turkiya parlamenti, hukumati, keng jamoatchiligi, ishbilarmon doiralari va san’at arboblari ishtirokida tantanali tarzda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mukofotga turli yillarda Turkiya prezidenti S.Demirel, Ozarbayjon prezidenti H.Aliyev, Qozog‘iston prezidenti N.Nazarboyev va boshqalar sazovor bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi