10:43 / 07.01.2020
3 148

Mirzaobod tumanida mas’uliyatsiz ota qamaldi

Mirzaobod tumanida mas’uliyatsiz ota qamaldi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 09.08.2019 yildagi qaroriga asosan qarzdor F.Shomirov tomonidan undiruvchi J.Shomirovaning foydasiga ikki nafar farzandining voyaga yetguniga qadar moddiy ta’minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining uchdan bir (1/3) qismi miqdorida aliment pulini to‘lab borishi belgilangan.

Byuroning Mirzaobod tuman bo‘limi davlat ijrochisi S.Tangirqulov tomonidan qarzdor F.Shomirov bir-necha bor ogohlantirilishiga qaramay aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan.

Shu sababli Mirzaobod tuman ma’muriy sudining 06.01.2020 yildagi qarori bilan F.Shomirovga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 474-moddasi bilan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirzaobod tumanida mas’uliyatsiz ota qamaldi